KabinetBuyurtma berish
Fonda — haqiqiy tur yozuvi

Uy hali qurilmagan — ichida yuring.

3ds Max sahnangizdan 3D tur: mijoz havolani ochadi va kvartira bo'ylab o'zi yuradi — telefonda, kompyuterda va VR ko'zoynakda. Hech narsa o'rnatish shart emas.

Birinchi tur — bepulbotda ro'yxatdan o'tganlarga
4Ktiniq tasvir
97%renderga mos
VRko'zoynakda ham ochiladi
3–5kunda tayyor bo'ladi
Bepul sinov kadriSahnangizdan 24 soatda — sifatni oldindan ko'rasiz
ObunasizHavola va mustaqil paket sizda qoladi
DIZAYNERLAR UCHUN · 3DS MAX + CORONA

Rasm emas — makon yuboring.

Mijozingiz sahnangiz ichida o'zi yuradi: o'sha yorug'lik, o'sha materiallar. Sahnani yuborasiz — qolganini biz qilamiz.

Sahnani yuborish
3ds Max + Corona yoki V-Ray · Sinov kadri 24 soatda
WalkVu tur
WALKVU NIMA
KIM UCHUN

Kimga foydali

Uy, ofis yoki kvartirani hali qurilmasdan ko'rsatish kerak bo'lgan har bir kishi uchun.

ASOSIY

Interyer dizayner

Mijoz rasmlarni emas, uyning o'zini ko'radi — qarorlar tezroq, tuzatishlar kamroq.

  • Taqdimot masofadan — bitta havola bilan
  • Mijoz o'zi yuradi, o'lchaydi, mebelni bosib ko'radi
  • Portfolio uchun 4K kadr va video
Buyurtma berish

Arxitektor

Maydon, balandlik va yorug'likni mijoz chizmadan emas, ichidan his qiladi.

  • 3D va 2D reja, kesim
  • VR'da haqiqiy masshtab

Dizayn studiya

Har loyihaga bir xil darajadagi tur — studiyangiz standartini ko'rsatadi.

  • Buyurtma va holat — Telegram botda
  • Ofis ekrani uchun internetsiz nusxa

Quruvchi kompaniya

Xaridor kvartirani qurilish tugamasdan ichidan ko'radi.

  • Sotuv ofisida VR va katta ekran
  • Har planirovka uchun alohida tur

Rieltor va agentlik

Mijoz borib ko'rishdan oldin ichida yuradi — faqat qiziqqanlar keladi.

  • E'longa havola va QR-kod
  • Uzoqdagi xaridorlar uchun
QAYERDA OCHILADI

Bitta havola — hamma qurilmada

Hech narsa o'rnatish shart emas: havolani oching va yuring. Qurilma o'zi aniqlanadi va tur unga moslashadi.

  • Telefon

    iPhone va Android. Barmoq bilan yurasiz. Telegram va WhatsApp ichida ham ochiladi.

  • Planshet

    iPad va Android planshet. Mijozga katta ekranda ko'rsatish uchun qulay.

  • Kompyuter

    Windows va Mac, istalgan brauzer. To'liq 4K sifat, klaviatura va sichqoncha bilan.

  • VR ko'zoynak

    Meta Quest 2, 3, 3S va Pico 4. O'sha havolani oching va «VR» ni bosing — xona ichida turgandek bo'lasiz.

  • Ofis ekrani

    Internetsiz nusxa: ofisdagi katta ekranda, televizorga ulangan kompyuterda yoki fleshkadan.

RENDER VA TUR

Render va turni solishtiring

Chapda — 3ds Max'dagi render, o'ngda — xuddi shu joydan turdagi ko'rinish. O'rtadagi chiziqni suring.

Corona render Tour
RenderTur
97%Tur rang va yorug'lik bo'yicha renderga shuncha mos — farqni ko'z ilg'amaydi.
11ta sifat tekshiruvi har bir turdan oldin: telefonda, kompyuterda va VR ko'zoynakda silliq ishlashi tekshiriladi.

Raqamlar «Kvartira 86 m²» namunasidan. Har loyihaga sifat hisoboti beriladi.

IMKONIYATLAR

Mijoz o'zi yuradi, o'lchaydi, solishtiradi

Mijoz kvartira ichida erkin yuradi: istalgan xonaga kiradi, istalgan tomonga qaraydi.

Yurish

Polga bosing — o'sha yerga yurib boradi

Kompyuterda klaviatura va sichqoncha, telefonda barmoq bilan boshqariladi.

3D reja

Kvartira tepadan — kesim bilan

Bir bosishda butun kvartira maket kabi ko'rinadi. Xona tugmasini bosing — o'sha xonaga uchib o'tadi.

O'lchash

Ruletka brauzerda

Ikki nuqtani bosing — masofa millimetrgacha ko'rinadi.

2D reja

O'lchamli reja va kesim

Har xonaning maydoni va devor o'lchamlari.

VR

Ko'zoynakda — o'sha havola

Meta Quest yoki Pico ko'zoynagida o'sha havolani oching va «VR» tugmasini bosing.

Sayohat

Avtomatik sayohat — musiqa bilan

Kamera kirish eshigidan boshlab xonalar bo'ylab o'zi yuradi. Mijozga ko'rsatish uchun qulay.

Kontent

4K surat va vertikal video — turdan

Turning istalgan joyidan 4K surat yoki video oling — Instagram va Telegram uchun tayyor.

Ma'lumot kartochkalari

Mebelni bosing — nomi, materiali, o'lchami

Dizayner uchun spetsifikatsiya, mijoz uchun «nima kiradi» ro'yxati — turning o'zida.

Internetsiz nusxa

Ofis ekranida internetsiz ham ochiladi

Har loyihaga: kompyuterda ochiladigan nusxa, 4K rasmlar, video va QR-kod. Obuna yo'q.

Bularning hammasini namuna turda hozir sinab ko'ring.

DIZAYNERLAR UCHUN

Sizning Corona sahnangiz — mijozingiz yuradigan tur

Shablon mebel emas: aynan siz tanlagan materiallar, yorug'lik va kameralar. Siz sahnani yuborasiz — qolganini biz qilamiz.

Sahnani tayyorlash

Yuborishdan oldin ro'yxatga bir ko'z yuguriting — tur shunda tezroq tayyor bo'ladi.

    SAHNANI YUBORISH

    ZIP'ni tekshiring va yuboring

    Fayl hech qayerga yuklanmaydi: tekshiruv shu brauzerning o'zida bo'ladi. Keyin Telegram orqali yuborasiz — 2 GB gacha, kattarog'i bulut havolasi bilan.

    Arxiv hali yo'qmi? 3ds Max'da File → Archive — sahna barcha xaritalari bilan bitta ZIP bo'ladi.

    Nimalar tekshiriladi
      MIJOZGA YUBORISH

      Tayyor tur: kod, havola va QR

      Har bir turga qisqa kod beramiz. Mijoz kodni shu saytda kiritadi yoki QR'ni telefon kamerasi bilan ochadi — ilova kerak emas.

      BOZOR RAQAMLARI

      3D tur e'lonni kuchaytiradi

      Mijozingiz yoki quruvchi buni sotuvda ishlatadi: tur e'lonni ko'proq ko'rishadi va ko'proq qo'ng'iroq qilishadi.

      +37%ko'proq ko'rish 3D turli e'lonlarda (Yandex Nedvizhimost)realty.yandex.ru
      +14%ko'proq telefon raqami ochilishi — xaridor qo'ng'iroq qiladi (Yandex)realty.yandex.ru
      +43%ko'proq ko'rish va 55% ko'proq saqlash 3D turli e'lonlarda (Zillow)zillow.com
      MIJOZLAR UCHUN · BEPUL

      Uyingiz ichida — telefoningizdan.

      Dizayneringiz yoki quruvchi yuborgan kodni kiriting yoki havolani oching. Ilova, ro'yxatdan o'tish va to'lov kerak emas.

      UY EGALARI VA XARIDORLAR UCHUN

      Turni qanday boshqarish

      Telefon, kompyuter va VR ko'zoynakda bir xil havola. Pastdagi qisqa yo'riqnoma bir daqiqada o'rgatadi.

      Telegram yoki Instagram ichida sekin ochilsa, menyudan «Brauzerda ochish» ni tanlang. Eski telefonlarda yengil rejim o'zi yoqiladi.

      Uyim uchun tur kerak

      Dizayneringiz hali WalkVu bilan ishlamaydimi?

      Unga shu sahifani yuboring: sahnasi turga aylanadi va siz uyingiz ichida yurasiz.

      KVARTIRA 86 m² · 4K KADRLAR

      Bu kadrlar render emas

      Turning «4K surat» tugmasi bilan olingan kadrlar — 3840×2160. Bosing va to'liq 4K da ko'ring.

      QANDAY ISHLAYDI

      To'rt qadam — 3⁠–⁠5 kunda tayyor

      Siz sahnani yuborasiz — qolganini biz qilamiz. Birinchi tur bepul.

      01

      Sahna

      3ds Max fayli (Corona yoki V-Ray). Faqat SketchUp, Revit yoki chizma bo'lsa, o'zimiz modellab beramiz.

      1-kun
      02

      Yorug'lik va ranglar

      Sahnadagi yorug'lik va ranglarni renderdagidek turga o'tkazamiz.

      1–3 kun
      03

      Sifat tekshiruvi

      Turni render bilan solishtiramiz, telefonda, kompyuterda va VR'da sinaymiz.

      1 kun
      04

      Tayyor havola

      Mijozga havola va QR-kod, ofis uchun internetsiz nusxa, 4K rasmlar va video.

      jami 3–5 kun

      Sahnani tayyorlash — 5 qadam

      1. Sahna yakuniy holatdaYorug'lik, materiallar va mebel — renderdagidek. Mebelsiz, bo'sh xonalar turga kirmaydi.
      2. Xaritalar joyidaAsset Tracking'da yo'qolgan (qizil) xarita bo'lmasin — aks holda devor va mebel kulrang chiqadi.
      3. Bitta ZIP3ds Max'da File → Archive: sahna barcha xaritalari bilan bitta arxivga yig'iladi.
      4. Boshlanish nuqtasiTur qaysi xonadan boshlansin — xabarda yozing, masalan: «kirish yo'lagidan».
      5. Botga yuboringZIP'ni botga yuboring: Telegram 2 GB gacha qabul qiladi, kattarog'i — Google Drive yoki Yandex Disk havolasi.
      NARX · m² BO'YICHA

      Narxni hozir hisoblang

      Narx maydon va paketga bog'liq. Obuna yo'q: bir marta to'laysiz, havola va mustaqil paket sizda qoladi.

      Paket
      Qo'shimcha
      SAVOLLAR

      Ko'p so'raladigan savollar

      Javob topmadingizmi? Botga yozing — tez javob beramiz.

      Savol berish
      Yuring va ko'ring

      Birinchi turingiz — bepul

      Telegram botda ro'yxatdan o'ting — birinchi tur buyurtmasi bepul. Loyihani yozasiz va sahnani yuborasiz; holat va tayyor havola ham shu yerga keladi. Yoki formani to'ldiring.

      Buyurtma berish@WalkVuBot · ro'yxat 1 daqiqa
      Kabinetga kirishBuyurtmalaringiz holati, fayllar va tayyor turlar
      Holat Telegram'da ochiladi va faqat buyurtma egasiga ko'rsatiladi. Raqamni bilmasangiz — bo'sh qoldiring, hamma buyurtmalaringiz chiqadi.

      WalkVu — walk + view: yurib ko'rish. Mijozingizni uyning ichiga olib kiramiz — hali g'isht qo'yilmasdan, u o'zi yuradi va o'zi ko'radi.

      1 / 9
      Sifat hisoboti

      Kvartira 86 m² — 11 ta avtomatik tekshiruv

      TekshiruvNima o'lchanadiNatijaMezon

      Har topshiriqdan oldin avtomatik o'tkaziladi. O'lchovlar: sinov kompyuteri RTX 2080 Super; telefon 375×812 va 360×640; VR — qurilma emulyatsiyasi bilan.